date

Malta barcha fuqarolariga ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanish imkonini beradi

Malta barcha fuqarolariga ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanish imkonini beradi

Malta barcha fuqarolariga ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanish imkonini beruvchi dunyodagi birinchi mamlakatga aylanishi kutilmoqda. OpenAI kompaniyasi mamlakatda “Barcha uchun sun’iy intellekt” nomli milliy dasturni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.

Kelishuvga ko‘ra, Malta fuqarolari sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus kursni tamomlaganidan so‘ng ChatGPT Plus’dan bir yil davomida bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Dasturning ilk bosqichi may oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Loyihani Malta Raqamli innovatsiyalar boshqarmasi muvofiqlashtiradi. Mamlakat rasmiylari bu tashabbus fuqarolarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Malta iqtisodiyot, korxona va strategik loyihalar vaziri Silvio Shembri mamlakat raqamli davrda ortda qolmaslikka intilayotganini bildirdi. Uning aytishicha, Malta fuqarolarini global texnologik o‘zgarishlarning oldingi qatoriga olib chiqishni maqsad qilgan.

Dastur chet elda yashayotgan Malta fuqarolari uchun ham amal qiladi. OpenAI esa kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Malta barcha fuqarolariga ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanish imkonini beradi