11:19 / 15.04.2017
7 624

Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi

Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi
KXDR AQSh harbiy bazalariga oldini oluvchi zarba berish bilan tahdid qildi. Koreya xalq armiyasi bosh shtabi vakili bayonotida tajovuz uyushtirilgan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini ham yo‘q qilishga va’da berilgan. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Barcha siyosiy, iqtisodiy va harbiy fitnalar armiya va xalqimizning o‘ta qudratli javobi bilan yo‘qqa chiqariladi. Bu javob quruqlik, suv va havoda to‘satdan oldini oluvchi zarba berish variantlarini o‘z ichiga oladi», — deyiladi bayonotda.

Zarba uchun ehtimoliy ob’ektlar sifatida AQShning Osan, Kunsan va Pxyontxekdagi harbiy bazalari, shuningdek, Janubiy Koreya prezidentining «Chxonvade» qarorgohi keltirilgan. Shuningdek, bosh shtabi vakili KXDR raketalari AQSh va Yaponiyadagi bazalarga ham qaratilganini eslatib o‘tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya AQSh tajovuzi ro‘y bergan taqdirda Carl Vinson aviatashuvchisini yo‘q qilishga va’da berdi