
Somali poytaxti Mogadisho shahri Aden-Adde aeroporti yaqinida portlash sodir etilgan. Bu haqda «Sinxua» agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Portlash oqibatida qurbonlar borligi aytilgan.
Taxminlarga ko‘ra, «Ash-Shabob» terrorchisi boshqaruvidagi portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashina aeroport hududiga kirmoqchi bo‘lganida to‘xtatilgan va keyin portlash sodir etilgan. «Ayni vaqtda hududda otishma davom etmoqda»,— deya ma’lumot bergan guvohlardan biri.
Portlash tafsilotlari hozircha ma’lum emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar