07:26 / 20.04.2017
7 909

Rossiya vaziri ”Turkiya Rossiyaga orqadan zarba berdi” deb aytdi

Rossiya vaziri ”Turkiya Rossiyaga orqadan zarba berdi” deb aytdi
Turkiya hukumatining Turkiyaga Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etkazilishiga cheklovlar qo‘yishi "orqadan zarba berish" hisoblanadi. Bunday fikrni "Rossiya-24" telekanali efirida Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov aytdi.
“Biz buni kutmagandik. Bu ma’lum darajada orqadan zarba berishdir va biz Rossiya-Turkiya munosabatlarining yaxshilanishiga juda umid qilib qolamiz”, deb vazir aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi "Kun" nashri.
Tkachyov, shuningdek, Rossiya yangi bozorlarni topishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan va "teran fikr oxir-oqibat tantana qilishiga" ishonchi komilligini aytgan.
“Turkiyaning o‘zi ham Rossiya bug‘doylaridan manfaatdor va faqat undangina emas”, deb ta’kidlab o‘tdi Tkachyov.
Mart oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati rossiyalik fermerlarni Turkiyaga bug‘doyni boj to‘lovisiz kiritish huquqidan mahrum qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Bu mahsulotning Rossiyadan etkazib berilishi deyarli to‘xtatilgani ma’lum qilingan.
Keyinroq turkiyalik importchilar Rossiyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olinishi to‘xtatilganini tasdiqlaganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya vaziri ”Turkiya Rossiyaga orqadan zarba berdi” deb aytdi