Aeroport hojatxonasidan ilon chiqib yo‘lovchilarni hayratga soldi

Rossiyaning Sochi shahridagi aeroport hovjatxonasida yo'lovchilar ilonga duch kelib, hayrat va qo'rquvga tushishdi. Ayol bu noodatiy holatni telefoniga tasvirga olib, darhol aeroport xodimlariga murojaat qildi. Xodimlar tezkorlik bilan vaziyatni nazoratga olib, yo'lovchilarni tinchlantirishga harakat qildi va vahima qilmaslikni so'radi. Hozircha ilonning qayerdan kelib qolgani hamda voqea tafsilotlari yuzasidan rasmiy izoh berilmadi.
Rossiyaning Sochi shahridagi aeroportda noodatiy va biroz vahimali holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol aeroport hojatxonasiga kirganida u yerda ilonni ko‘rib qolganini tasvirga olgan.
Guvohning aytishicha, ilon unitaz yonida paydo bo‘lgan bo‘lib, bu holat nafaqat uning o‘zini, balki yaqin atrofdagi boshqa yo‘lovchilarni ham hayrat va qo‘rquvga solgan. Ayol vaziyatni darhol telefoniga yozib olib, aeroport xodimlariga murojaat qilgan.
Video internetga joylangach, qisqa vaqt ichida keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bunday joylarda xavfsizlik va sanitariya masalalariga jiddiyroq e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlamoqda.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, aeroport xodimlari tezkorlik bilan vaziyatni nazoratga olib, yo‘lovchilarni tinchlantirishga harakat qilgan hamda vahima qilmaslikni so‘ragan. Hozircha ilonning qayerdan kelib qolgani va voqea tafsilotlari yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.






























Izohlar 0
…