Tramp suratli 250 dollarlik kupyura muhokamada

AQSHda Donald Tramp portreti tushirilgan 250 dollarlik yangi banknotani chiqarish taklifi ilgari surilmoqda. Ushbu tashabbus mamlakat mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kupyurada Donald Tramp surati bilan birga AQSH bayrog‘i ranglari va maxsus yubiley belgisi ham aks etishi mumkin. Dizayn britaniyalik rassom Ian Aleksander tomonidan tayyorlangani aytilmoqda.
Shuningdek, ayrim manbalarda ushbu loyiha maketlari Tramp tomonidan ma’qullangani haqida ham xabarlar bor, biroq bu hali rasman tasdiqlanmagan.
Agar kupyura chiqarilsa, Tramp AQSH pulida hayotligi vaqtida rasmi tushirilgan ilk insonlardan biriga aylanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing