date
views 5 604

OAV: IShIDning Suriyadagi poytaxti ko‘chirildi

OAV: IShIDning Suriyadagi poytaxti ko‘chirildi
AQShning Fox News telekanali AQSh mudofaa vazirligidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda IShIDning Suriyadagi poytaxti Raqqadan Daur az-Zo‘rga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oy davomida amerikalik harbiylar dronlar yordamida IShID "amaldorlari"ning Daur az-Zo‘rdan janubda, Frot daryosi sohilida joylashgan Al-Mayodin shahriga qochayotganlarini qayd qilganlar.

Ta’kidlanishicha, yaqin orada AQSh Raqqani olish uchun kurd jangchilarini yubormoqchi. Pentagonda shahar uchun jang muqarrar kechishi, biroq u erda IShID "rahbariyati" boshqa yo‘qligi ta’kidlangan.

Avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad RIA “Novosti” axborot agentligi bergan intervyusida Vashington jangarilar Daur az-Zo‘rni egallashlarini istayotgani haqidagi fikrni bildirgan. Uning aytishicha, bu IShIDga Suriya armiyasi pozisiyalariga putur etkazishga imkon beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: IShIDning Suriyadagi poytaxti ko‘chirildi