Lukashenko: "Ko‘proq daromad istagan o‘zbekistonliklar Rossiyada ishlashi mumkin"

Lukashenko: "Ko‘proq daromad istagan o‘zbekistonliklar Rossiyada ishlashi mumkin"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ko‘proq daromad topishni istagan o‘zbekistonliklarga Rossiyada ishlashni tavsiya qildi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada, xususan, neft konlari va boshqa yirik ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat qilayotganlar yuqoriroq maosh olish imkoniyatiga ega.

Lukashenko Belarusga ishlash uchun kelayotgan o‘zbekistonliklar asosan go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq korxonalarda faoliyat yuritayotganini qayd etdi. Uning fikricha, ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ortgani sari ishchilarning daromadi ham oshib boradi.

Mazkur bayonot Andijon viloyatidan Belarusga ishlash uchun borgan ayrim o‘zbekistonliklar ish haqi pastligi va mehnat sharoitlaridan norozi ekanini bildirganidan so‘ng yangradi. Prezident ushbu masalaga izoh berar ekan, yuqori daromad izlayotgan fuqarolar uchun Rossiyadagi mehnat bozori ko‘proq imkoniyatlar taqdim etishini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar