Maykl Jeksonning mashhur shimpanzesi Babbls hozir qayerda?

Bir vaqtlar Maykl Jekson bilan birga ko‘plab suratlarda ko‘ringan Babbls bugun 43 yoshda. Mashhur shimpanze 1990-yillar boshida xonanda tomonidan Kaliforniyadagi hayvonlar markaziga topshirilgan. Keyin u Floridadagi "Center for Great Apes" qo‘riqxonasiga olib o‘tilgan.
Bu yerda Babbls boshqa shimpanzeler bilan birga, hayvonlar uchun moslashtirilgan tabiiyroq sharoitda yashaydi. Maykl Jekson vafot etgan 2009 yildan beri ham uning manzili o‘zgarmagan. Qo‘riqxona mutaxassislari uning salomatligi, oziqlanishi va kundalik ehtiyojlari bilan shug‘ullanadi.
Xodimlarning aytishicha, Babbls bosiq va ehtiyotkor. U odamlarga haddan tashqari yaqinlashishni xohlamaydi. Ayniqsa, kameralarni yoqtirmaydi va suratga tushishdan chetlanishga urinadi. Shuning uchun uning so‘nggi yillarda olingan yangi surat va videolari juda kam.
Babbls bo‘sh vaqtini rasm chizish bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. U bu mashg‘ulot paytida yolg‘iz qolishni afzal biladi.
Maykl Jeksonning oila a’zolari va uning merosi bilan bog‘liq jamg‘arma Babbls taqdiriga befarq emas. Ular shimpanzeni parvarishlash uchun qo‘riqxonaga moliyaviy ko‘mak berib kelmoqda.































Izohlar 0
…