Olimlar yangi xavf haqida ogohlantirdi: Yer vaqti o‘zgarmoqda

Olimlar yangi xavf haqida ogohlantirdi: Yer vaqti o‘zgarmoqda

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar ko‘proq havo harorati, qurg‘oqchilik yoki toshqinlar bilan tilga olinayotgan edi. Ammo olimlar endi bu jarayon sayyoramizning harakatiga ham ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, qutb hududlaridagi ulkan muz qatlamlarining erishi Yerdagi massa taqsimotini o‘zgartirmoqda. Bu esa sayyoraning o‘z o‘qi atrofidagi aylanish tezligiga ta’sir qilib, sutka davomiyligining asta-sekin uzayishiga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, hozirgi kunda sutka uzunligi har asrda o‘rtacha 1,33 millisoniyaga ortib bormoqda. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, bunday ko‘rsatkich millionlab yillar davomida kuzatilmagan.

Bu o‘zgarishlar oddiy inson uchun sezilmasligi mumkin. Biroq GPS navigatsiyasi, sun’iy yo‘ldoshlar va yuqori aniqlikka asoslangan texnologiyalar uchun vaqt hisobidagi hatto kichik farqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, avvalgi tadqiqotlar muzliklar erishi dengiz sathining ko‘tarilishi va Yer shaklidagi ayrim o‘zgarishlarga ham sabab bo‘layotganini ko‘rsatgan. Mutaxassislar mazkur jarayonlarning uzoq muddatli oqibatlarini o‘rganishda davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar