
Rossiya Federasiyalar Kengashining axborot siyosati bo‘yicha komissiyasi raisi Aleksey Pushkov "Tvitter"dagi sahifasida, AQSh va Sobiq ittifoq o‘rtasida sovuq urush yakunlanganidan beri bu qarama-qarshilikning asosiy tahdidi – yadro urushi – yana paydo bo‘lganini yozdi. Bu tahdidni Amerika hukumati o‘z siyosati sabab qaytardi, deya ta’kidlab o‘tgan senator.
- Sovuq urush yakunlanishining asosiy natijasi deb - yadro urushi tahdidi yo‘qolishi aytilgandi. Biroq hammasi yana qaytdi: AQSh o‘z siyosati bilan bu tahdidni qaytardi, - deya qayd etgan Pushkov.
Avvalroq, Rossiya qurolli kuchlari bosh tezkor shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Viktor Poznixir Amerika raketalarga qarshi mudofaa tizimi bazalarining Evropada va AQSh HDK kemalarining Rossiya chegaralariga yaqin bo‘lgan dengiz va okeanlarda joylashtirilishi Rossiyaga kutilmagan raketa-yadro zarbasi berish imkoniyatiga kuchli yashirin zarba komponenti yaratishini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar