Eron va Isroil o‘rtasida raketa hujumlari avj oldi

Eron va Isroil o‘rtasida raketa hujumlari avj oldi

7 iyun kuni Eron Isroilning shimoliy hududlariga bir necha to‘lqinda raketa hujumlarini amalga oshirdi. Isroil Mudofaa armiyasi (SAHAL) ma’lum qilishicha, uchirilgan barcha raketalar havo mudofaasi tizimlari tomonidan yo‘q qilingan.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi mazkur operatsiya davomli tus olishini bildirib, keyingi kunlarda ham raketa va dron hujumlari davom etishini ma’lum qildi.

Eron rasmiylari Isroilning Bayrut janubidagi nishonlarga bergan zarbasini tanqid qilib, bu harakat “barcha qizil chiziqlardan o‘tish” ekanini ta’kidladi. Avvalroq Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berganini ma’lum qilgan edi.

Raketa hujumlaridan so‘ng Isroil armiyasi qat’iy javob qaytarilishini bildirdi va Eron “jiddiy xato qilgani”ni ta’kidladi.

Ayni paytda AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahudan vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikni so‘rash niyati borligini aytdi. Uning fikricha, bu AQSH va Eron o‘rtasida ehtimoliy kelishuvni saqlab qolish uchun muhim hisoblanadi.

Keyinroq SAHAL Eronning raketa hujumlaridan so‘ng Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbiy va markaziy hududlaridagi bir qator harbiy nishonlarga zarba berganini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar