
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Doroshenkoni o‘z farmoni bilan ishdan bo‘shatdi. Hujjat Ukraina rahbari saytida e’lon qilingan deb yozadi Kun nashri.
- Nikolay Doroshenko Ukrainaning Qirg‘iziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etilsin, - deyiladi xabarda.
Bunday qarorga nima sabab bo‘lgani ko‘rsatilmagan. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentyabrida Doroshenko MDH rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etayotgan Vladimir Putin yonida tashkilotdagi raislikni Rossiyaga berishga qarshi chiqqandi. Shundan so‘ng bahs boshlanib ketdi hamda Rossiya rahbari Qrim mamlakatga Kievning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli qo‘shilganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing