Plastik operatsiya fojiasi: ayol 6 yildan beri ko‘zini yuma olmaydi

Xitoylik ayol plastik operatsiyadan so‘ng og‘ir asoratlar bilan yuzlashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u qovoqlariga estetik jarrohlik amaliyoti qildirgach, darhol kuchli og‘riq his qilgan va ko‘z qovoqlari noto‘g‘ri holatga kelib, tashqariga o‘girilib qolgan.
Shundan so‘ng uning ko‘zlarida doimiy suyuqlik to‘planishi kuzatilgan va ayol shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlar natijasida ko‘z yoshi bezlari jiddiy shikastlangani aniqlangan. Shifokorlar qo‘shimcha operatsiyalarni tavsiya etgan bo‘lsalar-da, ko‘z qovoqlari funksiyasini to‘liq tiklashning imkoni bo‘lmagan.
Natijada ayol 6 yildan buyon ko‘zlarini to‘liq yuma olmay yashab kelmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza uning holatini 9-darajadagi nogironlik sifatida baholagan.
Keyinchalik aniqlanishicha, operatsiyani amalga oshirgan shaxs tibbiy litsenziyaga ega bo‘lmagan, klinika esa ruxsatsiz faoliyat yuritgan. Muassasa voqeadan bir necha oy o‘tib yopilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu holat uning ruhiy sog‘lig‘iga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatib, depressiya, uyqusizlik va ijtimoiy yakkalanishga sabab bo‘lgan. U klinika va jarroh ustidan sudga murojaat qilgan.





























Izohlar 0
…