Ipakchilik tarixi qayta yozilmoqda: 4 ming yillik dalil O‘zbekistondan topildi

Surxondaryo viloyatidagi qadimiy Sopollitepa yodgorligidan yoshi taxminan 4 ming yil bo'lgan uchta yaxshi saqlangan ipak qurti pillasi topildi. Washington University in St. Louis tadqiqotchilari va boshqa mutaxassislar ishtirokidagi bu kashfiyot Markaziy Osiyoda ipakchilik tarixi Buyuk Ipak yo'li shakllanishidan qariyb 2 ming yil avval mavjud bo'lgan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda.
Surxondaryo viloyatidagi qadimiy Sopollitepa yodgorligidan topilgan arxeologik dalillar Markaziy Osiyoda ipakchilik tarixi ilgari taxmin qilinganidan ancha qadimiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Washington University in St. Louis tadqiqotchilari va boshqa mutaxassislar ishtirokidagi tadqiqot davomida yodgorlikdan uchta yaxshi saqlangan ipak qurti pillasi aniqlangan. Ularning yoshi taxminan 4 ming yil deb baholanmoqda. Bu topilma hozirgi O‘zbekiston hududida ipak qurti boqish yoki ipak ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyat Buyuk Ipak yo‘li shakllanishidan qariyb 2 ming yil avval mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Avvalgi ilmiy qarashlarda ipakchilikning ilk markazi qadimgi Xitoy bo‘lgani va ipak ishlab chiqarish texnologiyasi keyinchalik savdo yo‘llari orqali Markaziy Osiyoga tarqalgan, degan tasavvur ustun edi. Yangi topilma esa bu jarayon ancha murakkab bo‘lganini va Janubiy Markaziy Osiyoda ipakchilik juda erta paydo bo‘lgan yoki bu hududga qadimdan yetib kelgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, olimlar topilma “ipakchilik aynan O‘zbekistonda paydo bo‘lgan” degan xulosani hali bermasligini ta’kidlamoqda. Buning uchun qo‘shimcha arxeologik va ilmiy dalillar talab etiladi. Biroq Sopollitepadagi topilmalar Markaziy Osiyoning ipakchilik tarixidagi o‘rni ilgari o‘ylanganidan ancha muhim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Qiziq jihati shundaki, O‘zbekistonda ipakchilik bugungi kungacha muhim an’analardan biri bo‘lib qolgan. YUNЕSKO ham O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi ipakchilik hamda an’anaviy ipak ishlab chiqarish amaliyotini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etgan.






























Izohlar 0
…