Aqshda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Mekcikada 20 yil politsiyachi bo‘lib ishladi

2004 yilda AQSHning Ogayo shtatidagi qotillik ishi bo'yicha qidiruvda bo'lgan Antonio Liano qariyb 20 yil o'tgach qo'lga olindi. Ma'lum bo'lishicha, u AQSHni tark etib Meksikaga qochib ketgan va u yerda politsiya xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Liano Oaxaka shtatidagi kichik shaharchalardan birida yashab, mahalliy aholi ishonchini qozongan holda huquq-tartibot tizimiga ishga kirgan. Hozirda mazkur ish yuzasidan tegishli huquqiy jarayonlar davom etmoqda.
2004 yilda AQSHning Ogayo shtatida sodir etilgan qotillik ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxs qariyb 20 yil o‘tgach huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘lga olindi. Eng hayratlanarlisi, gumonlanuvchi hibsga olingan vaqtda Meksikada politsiya xodimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, Antonio Liano Ogayo shtatidagi barlardan birida sodir bo‘lgan janjal va uning ortidan yuz bergan qurolli to‘qnashuv oqibatida bir kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblanib qidirilgan. Tergov organlari 2005 yilda uni hibsga olish uchun rasmiy order chiqargan. Biroq shundan so‘ng u AQSHni tark etib, Meksikaga qochib ketgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Liano keyingi yillar davomida Meksikaning Oaxaka shtatidagi kichik shaharchalardan birida yashagan. U mahalliy aholi ishonchini qozonib, hatto politsiya xizmatiga ishga kirgan va uzoq yillar davomida huquq-tartibot tizimida faoliyat olib borgan.
Qariyb yigirma yillik qidiruvdan keyin uning shaxsi aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda mazkur ish yuzasidan tegishli huquqiy jarayonlar davom etmoqda.






























Izohlar 0
…