Soxta “lord xotini” Moskvada qimmatbaho buyumlarni o‘mardi

Soxta “lord xotini” Moskvada qimmatbaho buyumlarni o‘mardi

Rossiyaning Moskva shahrida xizmatkor sifatida ishlagan ayol yirik o‘g‘irlik va firibgarlikda aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Lyudmila Farmer o‘zini boy va nufuzli inson sifatida ko‘rsatib, uy egalarining ishonchiga kirgan. U hatto o‘zini Buyuk Britaniyada yashagan, sobiq lordning rafiqasi sifatida tanishtirgan.

2023 yil avgust oyida uy egalari yo‘qligidan foydalanib, u xonadondan qimmatbaho soatlar va pul mablag‘larini yashirincha olib chiqqan. O‘g‘irlangan buyumlar orasida Rolex, Cartier va Audemars Piguet kabi mashhur brendlar ham bo‘lgan.

Keyinchalik ayol ushbu qimmatbaho buyumlarni lombardga topshirib, katta miqdorda pul olgan. Shuningdek, u uy bekasiga go‘yoki ishlayotgandek ko‘rinish berib, aslida bajarilmagan ishlar uchun ham haq olgani aniqlangan.

Sud jarayonida ayol o‘z aybini tan olmagan bo‘lsa-da, to‘plangan dalillar uning jinoyat sodir etganini tasdiqlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar