Osmono‘par binoda barpo etilgan o‘rmon

Italiyaning Milan shahrida aynan shunday noyob turar joy majmuasi mavjud. U “Bosco Verticale”, ya’ni “Vertikal o‘rmon” nomi bilan mashhur.
Mazkur majmua ikki baland minoradan tashkil topgan bo‘lib, ulardan biri 110 metr, ikkinchisi esa 76 metr balandlikka ega.
Loyihaning eng e’tiborga molik jihati shundaki, har bir qavatdagi xonadonlarning terrasalari turli xil o‘simliklar bilan bezatilgan. Binolar fasadida qariyb 900 ta daraxt, 5000 ga yaqin buta hamda 11 mingdan ortiq ko‘p yillik o‘simliklar va gullar parvarish qilinadi.
Agar ushbu yashilliklar oddiy yer maydoniga ekilsa, ular taxminan 2 gektar hududni egallagan haqiqiy o‘rmonni hosil qilgan bo‘lardi.
Ushbu betakror majmuaning qurilishi 2009 yilda boshlangan bo‘lib, 2014 yilda to‘liq yakuniga yetkazilgan.






























Izohlar 0
…