Masjid yaqinidagi boltali hujum jamoatchilikni larzaga soldi

Masjid yaqinidagi boltali hujum jamoatchilikni larzaga soldi

Shotlandiya poytaxti Edinburg shahridagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan hujum jamoatchilikni jiddiy xavotirga soldi. Bolta bilan qurollangan shaxs bir necha kishiga tashlanib, oqibatda besh nafar inson turli darajada jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 19 iyun kuni kechqurun shaharning g‘arbiy qismida joylashgan Brumxaus masjidi atrofidagi bog‘ hududida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi hujumdan keyin ham tajovuzkor harakatlarini davom ettirib, yoqilg‘i quyish shoxobchasida tartibsizlik keltirib chiqargan.

Bildirilishicha, u bir avtomashinaning oynasini sindirgan, shuningdek, yaqin atrofdagi pitsseriya eshigiga ham zarar yetkazgan.

Yalang‘och tanali erkak shahar ko‘chasida ketmoqda.

Hujum oqibatida jabrlanganlar yengil va o‘rta og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Ular orasida 22 yoshli ikki nafar yigit hamda 24, 27 va 39 yoshli fuqarolar borligi aytilmoqda. Ayrim jabrlanuvchilar musulmon ekani ham qayd etilgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan 34 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov organlari hozircha hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hujum ortida ksenofobik motivlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shu munosabat bilan ishga terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari ham jalb etilgan. Biroq voqeaning aniq sabablari bo‘yicha yakuniy xulosa hali e’lon qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar