08:48 / 08.05.2017
6 721

Amerikalik harbiylar Afg‘onistonda IShID etakchisi yo‘q qilinganini tasdiqlashdi

Amerikalik harbiylar Afg‘onistonda IShID etakchisi yo‘q qilinganini tasdiqlashdi
IShID terrorchilik guruhi etakchisi Abdul Hasib Afg‘oniston va AQSh harbiylarining 27 apreldagi birgalikdagi operasiyasi davomida yo‘q qilingan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘mondoni Jon Nikolsonga iqtibos keltirgan holda Kun.uz sayti xabar bermoqda.

"Bu muvaffaqiyatli birgalikdagi operasiya IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha kampaniyamizda muvaffaqiyatga erishishimizdagi navbatdagi qadamdir", deb aytdi Nikolson.

Avvalroq Hasibning yo‘q qilinganini Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ma’lum qilgandi.

Afg‘oniston hukumati Hasibni mamlakatda bir necha teraktlarni tashkillashtirishga aloqador deb hisoblagan. Ma’lum qilinishicha, aynan Hasib Kobuldagi harbiy gospitalga hujum qilishga buyruq bergan. Bu hujum oqibatida o‘nlab tibbiyot xodimlari halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik harbiylar Afg‘onistonda IShID etakchisi yo‘q qilinganini tasdiqlashdi