JSST "Hondius" kemasidagi xantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

JSST "Hondius" kemasidagi xantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

"Hondius" kruiz kemasida boshlangan xantavirus epidemiyasi tugadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi. Virus yuqqan shaxs bilan muloqotda bo‘lgan so‘nggi kishi karantindan chiqdi, tahlili manfiy natija berdi. 25 maydan keyin yangi bemor qayd etilmagan.

Kasallik o‘chog‘i 2026 yil bahorida Atlantika okeanidagi sayohat vaqtida aniqlangan. Kema yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari orasida jami 13 ta tasdiqlangan va ehtimoliy holat qayd etildi. Uch bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Tekshiruvlar kasallikni Andes virusi keltirib chiqarganini ko‘rsatdi. Bu xantavirusning kam uchraydigan turlaridan biri bo‘lib, asosan Janubiy Amerikaning ayrim hududlarida tarqalgan. Boshqa xantaviruslardan farqli ravishda, Andes virusi uzoq va yaqin muloqotda odamdan odamga yuqishi ham mumkin.

Xantavirus ko‘p hollarda kemiruvchilardan yuqadi. Inson virus zarrachalari aralashgan changni nafas orqali qabul qilganda kasallanishi mumkin. Belgilari isitma, bosh va mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlik bilan boshlanadi. Og‘irlashgan vaziyatda o‘pka zararlanishi va nafas olish keskin qiyinlashishi mumkin.

Epidemiyani nazoratga olish uchun turli mamlakatlarda yo‘lovchilar va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar kuzatuvga olindi. Karantin muddatlari tugab, yangi holatlar qayd etilmaganidan so‘ng JSST epidemiyani yakunlangan deb hisobladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar