Yo‘qolgan it virusli video sabab egasiga qaytdi

Yo‘qolgan it virusli video sabab egasiga qaytdi

Bir oy davomida bedarak yo‘qolgan Gorda laqabli it kutilmaganda internetda ommalashgan video tufayli topildi. Qiziqarli voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, itning egasi Meksika terma jamoasi g‘alabasini nishonlayotgan muxlislar aks etgan virusli videoni tomosha qilayotganida, tasodifan olomon orasida o‘z itini payqab qolgan.

Shundan so‘ng u videoda ko‘rinib turgan binolar va atrof-muhitni sinchiklab o‘rganib, tasvir qayerda olinganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Belgilangan manzilga yetib borgan egasi uzoq izlangan Gorda bilan yana uchrashgan.

Yaxshiyamki, it sog‘-salomat holda topilib, o‘z egalariga qaytarilgan. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab foydalanuvchilar ba’zan oddiy tasodif ham eng baxtli uchrashuvlarga sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar