Turkiyalik suzuvchi dunyoning eng xavfli bo‘g‘ozini zabt etdi

Turkiyalik ultra marafon suzuvchisi Aysu Turko‘g‘li dunyodagi eng xavfli ochiq suv yo‘nalishlaridan biri hisoblangan Yaponiyadagi Tsugaru bo‘g‘ozini tanaffussiz suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur bo‘g‘oz kuchli oqimlari, sovuq suvlari va akulalar uchrashi bilan mashhur. Sportchi bosib o‘tgan masofa uzunligi qariyb 36 ta Burj Xalifa binosini ketma-ket joylashtirgandagi masofaga teng ekani aytilmoqda.
Musobaqa qoidalariga ko‘ra, suzuvchi yo‘l davomida hech narsaga suyanishi, dam olishi yoki kuzatuvchi kemadan yordam olishi qat’iyan taqiqlanadi. Hatto qisqa muddatli tanaffus ham natijaning bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sinov davomida Aysu nafaqat kuchli to‘lqinlar va sovuq suv, balki uzoq vaqt davom etadigan ochlik hamda jismoniy charchoqni yengib o‘tishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, u marraga muvaffaqiyatli yetib borib, yana bir tarixiy natijaga erishdi.






























Izohlar 0
…