Sergelida yangi maktablar va sun’iy ko‘llar quriladi

Sergelida yangi maktablar va sun’iy ko‘llar quriladi

Sergeli tumanida o‘quvchilar uchun yangi tipdagi maktablar qurish, sun’iy ko‘llar barpo etish va kanallar bo‘yida zamonaviy sayilgohlar tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu loyihalar maktablardagi yuqori yuklamani kamaytirish va aholi uchun qulay, salqin hamda yashil muhit yaratishga qaratilgan.

Maktablar quvvatidan ikki karra ortiq ishlamoqda

Ayni paytda Sergelidagi ayrim maktablarda o‘quvchilar soni muassasa quvvatidan 1,5–2 barobar ko‘p.

Ushbu muammoni hal qilish maqsadida o‘quvchi o‘rinlari sonini ikki karra oshirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish taklif etilmoqda.

Yangi loyihaga ko‘ra:

  • sport zali yerto‘lada joylashadi;

  • oshxona va ustaxona pastki qavatdan o‘rin oladi;

  • yuqori qavatlar to‘liq sinf xonalari uchun ajratiladi.

Bu yondashuv cheklangan hududdan samarali foydalanish va bir maktabda ko‘proq bolaning ta’lim olishiga sharoit yaratadi.

«Poytaxt tajribasi» yaratiladi

Joriy yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi yondashuvni sinovdan o‘tkazish topshirildi.

Natijalar asosida zamonaviy ta’lim muassasalarini qurish bo‘yicha «poytaxt tajribasi» shakllantiriladi.

Sergelida uchta sun’iy ko‘l barpo etiladi

Toshkentda aholi va sayyohlar uchun salqin mikroiqlim yaratish maqsadida jami 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etish ishlari boshlanmoqda.

Ulardan uchtasi Sergeli tumanidagi:

Ushbu ko‘llarning umumiy maydoni 22 gektarni tashkil qiladi.

Ko‘llar nafaqat poytaxt iqlimini mo‘tadillashtirish, balki aholining piyoda sayr qilishi va hordiq chiqarishi uchun zamonaviy maskanlarga aylantirilishi belgilandi.

«Jo‘n» kanali bo‘yida sayilgoh ochiladi

Hozirda «Jo‘n» kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan o‘tuvchi 5 kilometr qismida betonlashtirish ishlari boshlangan.

Ikki tuman hokimlariga yil yakuniga qadar kanal bo‘yida:

  • zamonaviy sayilgoh;

  • aholi uchun salomatlik yo‘lagi;

  • dam olish hududlarini tashkil etish topshirildi.

Chirchiq daryosi bo‘yida «yashil belbog‘» yaratiladi

Chirchiq daryosining Toshkent hududidan o‘tuvchi 16 kilometr qismida o‘zanni mustahkamlash ishlari ham boshlandi.

Loyiha doirasida qo‘shimcha 300 gektar hududda «yashil belbog‘», sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi.

Ushbu o‘zgarishlar Sergeli va Yangihayotning nafaqat infratuzilmasini, balki umumiy qiyofasi va aholi uchun qulayligini ham sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar