Meksikada jurnalist o‘g‘irlandi: jasadi yoqib yuborilgan holda aniqlandi

Meksikada jurnalist o‘g‘irlandi: jasadi yoqib yuborilgan holda aniqlandi

Meksikaning Verakrus shtatida o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Roksana Gusmanning qoldiqlari topildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 iyun kuni qurollangan va niqobli shaxslar jinoyatlar haqida yozib kelgan «Pulso Informativo del Sureste» nashri rahbarining uyiga bostirib kirib, uni o‘g‘irlab ketgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar jurnalistni o‘ldirgach, jasadini yonilg‘i to‘ldirilgan bochkalarda yoqib yuborishga uringan. Keyinchalik hovlidan topilgan suyak qoldiqlari sud-tibbiy ekspertizasi orqali Roksana Gusmanga tegishli ekani tasdiqlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu jinoyat yuzasidan sakkiz nafar gumonlanuvchini, jumladan Ishuatlan-del-Sureste munitsipalitetining to‘rt nafar politsiya xodimini qo‘lga oldi. Ular jinoiy guruhga resurs, oziq-ovqat va logistik yordam ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.

Article 19 huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda Meksikada kasbiy faoliyati sabab yana ikki jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot hisobicha, 2024 yil oktyabridan buyon mamlakatda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 10 nafarga yetgan. Bu esa Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli davlatlardan biri ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar