Hindistonda gaz ortilgan tanker portlab ketdi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida suyultirilgan gaz tashiyotgan tanker ishtirokida yirik portlash sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanker yo‘l to‘sig‘iga urilganidan so‘ng undan gaz sizib chiqqan. Oradan ko‘p o‘tmay sizib chiqqan gaz alangalanib, kuchli portlash va yong‘inga sabab bo‘lgan.
Fojia oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Yong‘in yaqin atrofdagi transport vositalariga ham zarar yetkazib, 2 ta avtomobil va 16 ta mototsikl butunlay yonib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 26 iyun kuni sodir bo‘lgan. Uning dahshatli lahzalari kuzatuv kameralariga yozib olingan. Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, portlashning aniq sabablari aniqlanmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…