Tramp Jorja Meloni haqida yana bir masxaraomuz post e’lon qildi

Donald Tramp Italiya hukumati rahbari Jorja Meloni haqida yana bir masxaraomuz post e’lon qildi.
AQSH prezidenti Truth Social sahifasida Meloni bilan birga tushgan suratini joylashtirgan. Tasvirga "Yaqinlashishni taqiqlovchi qaror kerak" degan yozuv qo‘shilgan.
Mazkur post ikki siyosatchi o‘rtasidagi ochiq tortishuv ortidan paydo bo‘ldi. Ilgari Tramp Meloni undan birga suratga tushishni so‘raganini aytgan edi.
Jorja Meloni esa bu da’voni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va o‘ylab topilgan gap sifatida baholagan.
Keyinchalik faktlarni tekshiruvchi tashkilotlar tarqatilgan suratga o‘zgartish kiritilganini ma’lum qildi. Xususan, Melonining yuz ifodasi asl tasvirdagidan boshqacha ko‘rinishga keltirilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…