Fransiyadagi mashhur muzeydan noyob eksponatlar o‘g‘irlandi

Fransiyadagi mashhur muzeydan noyob eksponatlar o‘g‘irlandi

Fransiyada joylashgan Lalique muzeyidan 20 ga yaqin noyob eksponat o‘g‘irlandi. Dastlabki baholashga ko‘ra, yo‘qolgan buyumlarning umumiy qiymati 4 million yevrogacha yetishi mumkin.

Manbalarning xabar berishicha, jinoyat 5 iyul kuni kechqurun sodir etilgan. Noma’lum shaxslar kirish eshigini buzgan, oltita shisha vitrinani sindirgan va eksponatlarni olib ketgan.

Hodisa vaqtida muzeyning signalizatsiya tizimi ishga tushgan. Ammo politsiyaga birinchi xabar qo‘riqlash xizmati tomonidan emas, farrosh tomonidan berilgan. Shu sabab xavfsizlik xodimlarining harakatlari va nega tezkor chora ko‘rilmagani tekshirilmoqda.

Lalique muzeyi 2025 yil oktyabrida Luvrda yuz bergan o‘g‘irlikdan keyin kuchaytirilgan nazoratga olingan edi. Biroq qo‘shimcha choralarga qaramay, jinoyatchilar muzeyga kirib, qimmatbaho eksponatlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Muzey Rene Lalik va uning ijodiy merosiga bag‘ishlangan. Fransuz ustasi zargarlik va shisha san’atida, ayniqsa ar-nuvo hamda ar-deko uslublaridagi asarlari bilan mashhur.

Hozir politsiya o‘g‘irlangan eksponatlarni qidirmoqda. Tergov doirasida kuzatuv kameralari yozuvlari, signalizatsiya ma’lumotlari va muzey xodimlarining ko‘rsatmalari o‘rganilmoqda.

Avvalroq Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan osori-atiqalar 88 million yevroga baholangan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar