«Ayol kishiga qo‘l ko‘tarolmayman»: O‘shdagi mojaro katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

«Ayol kishiga qo‘l ko‘tarolmayman»: O‘shdagi mojaro katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolar va xabarlarga ko‘ra, erkak savdogar bozor hududiga kiritilmagani sababli o‘zi yetishtirgan qulupnayini bozor tashqarisida sotishga harakat qilgan. Shu vaqtda bir nechta ayol savdogar va bir nafar erkak u bilan janjallashib, uni mushtlagani hamda kiyimlarini yirtib tashlagani aytilmoqda.

Voqea aks etgan tasvirlarda erkakning qarshilik ko‘rsatmagani va «Ayol kishiga qo‘l ko‘tarolmayman», deya aytgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta muhokamalarni keltirib chiqardi. Mazkur holat qisqa vaqt ichida keng rezonans uyg‘otib, ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Jamoatchilik e’tirozlari va muhokamalaridan so‘ng O‘sh shahri hokimi ushbu erkakka bozor hududidan savdo qilish uchun joy ajratib bergani ma’lum qilindi.

Shuningdek, janjal chiqargan ayollar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan javobgarlikka tortilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroda ishtirok etgan ayollar 2 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Mazkur voqea Qirg‘izistonda ham keng muhokama qilinib, bozorlardagi savdo tartibi, tadbirkorlarning huquqlari va jamoat joylaridagi nizolarga munosabat yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar