09:20 / 13.05.2017
7 159

AQShning Iroqqa bostirib kirishining asl maqsadi oshkor qilindi

AQShning Iroqqa bostirib kirishining asl maqsadi oshkor qilindi
AQShning 2003 yilda Iroqqa bostirib kirishining asl maqsadi ushbu mamlakatda demokratiya o‘rnatish emas, balki Saddam Husaynni ag‘darish bo‘lgan, deb aytdi AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays. Rays, shuningdek, 2001 yildan 2005 yilgacha AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini ham egallagan. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

"Biz Iroqqa u erga demokratiya olib borgani kirmaganmiz. Biz Iroqqa Saddam Husaynni ag‘darish uchun borganmiz. Bu xavfsizlik masalasi edi", deb aytdi Rays Vashingtondagi Brukings institutidagi nutqida.

Uning aytishicha, AQSh demokratik tuzumni o‘rnatish uchun na 2003 yil Iroqda, na 2001 yil Afg‘onistonda harbiy kuchni qo‘llashni rejalashtirmagan. "Men prezident Bushga Iroq yoki Afg‘onistonda demokratiya o‘rnatish uchun harbiy kuchni qo‘llashni hech qachon maslahat qilmasdim", deb aytdi Rays.

Raysning ta’kidlashicha, oxirgi ikki yil ichida AQSh va G‘arbiy Evropa vujudga kelgan populistik harakatlar millionlab odamlarning xalqning erkin savdo va cheklanmagan migrasiya masalalaridan xavotirini e’tiborga olmaydigan elitalarga qarshi noroziligini aks ettiradi.

Rays Kichik Jorj Bush boshchiligidagi ma’muriyatlarda ishlagan: 2005-2009 yillarda AQSh davlat kotibi, 2001-2005 yillarda prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Iroqqa bostirib kirishining asl maqsadi oshkor qilindi