Gretsiyada poezd relsdan chiqib, turar joy binosiga urildi

Gretsiyada poezd relsdan chiqib, turar joy binosiga urildi
Gretsiyaning Saloniki shahri yaqinida "Afina-Saloniki" yo‘lovchi poezdi relsdan chiqib ketdi, jarohatlanganlar bor. Bu haqda Kun.uz ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poezda 100 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea mahalliy vaqt bilan 21:40 da sodir bo‘lgan.

Relsdan 1ta elektrovoz va 5ta vagon chiqib ketdi. Lokomotiv turarjoyga urilgan.

Voqea joyida tez yordam va o‘t o‘chirish xizmati ishlamoqda. Hozirda jarohat olganlarning soni haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar