
14 may kuni Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon, bir yo‘l» forumi boshlandi.
Anjumanning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb yozadi Hordiq.uz.
Asosiy tashabbuskori Xitoy bo‘lgan ushbu loyiha ikki va ko‘p tomonlama aloqalar mexanizmlarini yanada mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi.

Bu loyihada O‘zbekistonning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda katta o‘rin tutgan.
Forumda 30 ga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, 130 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Anjumanda BMT Bosh kotibi, Jahon banki prezidenti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar