
Yakshanba, 14 may kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahri markazidagi Navoiy nomli xiyobonda karusel attraksioni qulashi oqibatida odamlar jabrlandi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Bu haqda qirg‘izistonlik jurnalist Hulkar Isomova o‘zining Feysbuk sahifasida xabar qoldirgan.
“Zanjirli karusel” attraksioni ishlayotganda, ustida odamlar bor vaqtda qulab tushdi. Ayni paytda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, attraksion qulagan vaqtda uning ustida odamlar, shu jumladan bolalar ham bo‘lgan. Olti nafar odam turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar bir ayolning ahvolini og‘ir deb baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar