Paraseyling fojiasi: sayyoh 30 metr balandlikdan qulab halok bo‘ldi

Paraseyling fojiasi: sayyoh 30 metr balandlikdan qulab halok bo‘ldi

70 yoshli avstraliyalik tadbirkor Tailandning Phuket orolida dam olayotgan vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Fojia 12 iyul kuni paraseyling mashg‘uloti chog‘ida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, sayyoh instruktor bilan birga havoga ko‘tarilganidan bir necha soniya o‘tib, taxminan 30 metr balandlikdan yerga qulab tushgan. Hodisa dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan va uning turmush o‘rtog‘i parvozni videoga olayotgan paytda fojia to‘liq kameraga muhrlangan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, u olgan og‘ir tan jarohatlari sabab hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisadan so‘ng paraseyling instruktori huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Uning dastlabki ko‘rsatmasiga ko‘ra, havoga ko‘tarilish vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida sayyohni ushlab turgan xavfsizlik moslamasining qulflash richagini tasodifan bosib yuborgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar