Harbiydan qaytgan yigitning ilk quchog‘i bahslarga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda temiryo‘l vokzalida harbiy xizmatni yakunlab qaytgan askarning yaqinlari bilan uchrashuvi aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Videoda askarning onasi uzoq kutgan o‘g‘lini quchoqlash uchun unga shoshilib yaqinlashgani ko‘rinadi. Biroq yigit onasini chetlab o‘tib, avvalo qiz do‘stining bag‘riga oshiqadi. Bu holat onaning biroz ortda qolib ketishiga sabab bo‘lgan.
Mazkur kadrlar internet foydalanuvchilari orasida turli fikrlarni yuzaga keltirdi. Ayrimlar yigit, avvalo, uni dunyoga keltirgan va sog‘-omon qaytishini kutgan onasini quchoqlashi kerak edi, degan fikrni ilgari surmoqda.
Boshqa foydalanuvchilar esa bunday vaziyatga boshqacha yondashib, inson kimni birinchi bo‘lib quchoqlashni o‘zi hal qilishi, bitta videoga qarab xulosa chiqarish to‘g‘ri emasligini ta’kidlamoqda.
Qisqa videolavha ijtimoiy tarmoqlarda minglab izohlar va muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilarni ikki qarama-qarshi fikrga bo‘lib yubordi.






























Izohlar 0
…