BAAda a’lochi bitiruvchilarga 27 ming dollardan mukofot berildi

BAAda a’lochi bitiruvchilarga 27 ming dollardan mukofot berildi

Birlashgan Arab Amirliklarida maktabni eng yuqori natijalar bilan tamomlagan sakkiz nafar bitiruvchi 27 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, BAA Bosh vaziri o‘rinbosari va Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum umumiy o‘rta ta’lim sertifikati bo‘yicha mamlakat miqyosida eng yuqori natijalarni qayd etgan Abir, Adam, Hessa, Ali, Abdulloh, Rashid, Sheyxa va Maryamni tantanali ravishda e’tirof etgan.

Mukofot topshirish marosimida Dubay hokimi yoshlarni tabriklab, ularga katta ishonch bildirdi.

“Biz sizlar bilan faxrlanamiz va kelajakda BAA taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz”, — dedi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

Shuningdek, Dubay hokimi bitiruvchilarning ota-onalari va ustozlariga ham alohida minnatdorlik bildirib, yoshlarning muvaffaqiyatida oilaning qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘qituvchilarning fidokorona mehnati hal qiluvchi o‘rin tutishini qayd etdi.

Khaleyej Times ma’lumotiga ko‘ra, mukofot sovrindorlari turli ta’lim yo‘nalishlari va toifalari bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar orasidan saralab olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar