Eronlik kelin mahrga oltin emas, 313 ta bepul operatsiya so‘rab tarmoqlarda barchani hayratlantirdi

Eronlik kelin mahrga oltin emas, 313 ta bepul operatsiya so‘rab tarmoqlarda barchani hayratlantirdi

Eronning Mashhad shahridagi muqaddas Imom Rizo ziyoratgohida 2026 yilda o‘tgan nikoh marosimida o‘ziga xos kelishuv qayd etildi. Kelin ham, kuyov ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritadigan shifokorlar ekani aytilmoqda.

Nikoh vaqtida kelin mahr sifatida oltin taqinchoqlar, pul yoki mol-mulk talab qilmagan. U kuyovdan davolanish xarajatini ko‘tara olmaydigan bemorlar uchun bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni so‘ragan.

Kuyov kelinning bu talabini qabul qilib, hayoti davomida 313 nafar kam ta’minlangan insonni haq olmasdan operatsiya qilishga va’da bergan.

Shu tariqa, ushbu oilaning nikoh kelishuvidagi mahr kelinning shaxsiy ehtiyoji uchun emas, tibbiy yordamga muhtoj odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun belgilandi. Kuyov endi va’da qilingan operatsiyalarni kasbiy faoliyati davomida bosqichma-bosqich amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar