Trampga taqlid qilib harakatlarini takrorlagan erkak internet yulduziga aylandi (video)

AQSH prezidenti Donald Trampning 22 iyul kuni Jorjiya shtatidagi Mariyetta shahrida o‘tkazgan chiqishi vaqtida kutilmagan holat yuz berdi. Sahna ortida o‘tirgan erkak Trampning qo‘l harakatlari, yuz ifodalari va gapirish paytidagi imo-ishoralarini deyarli bir xil tarzda takrorlay boshladi.
Erkakning harakatlari jonli efirni tasvirga olayotgan kameralar e’tiboridan chetda qolmadi. Kadrlarda u Tramp qo‘lini ko‘tarishi bilan qo‘lini ko‘targani, prezidentning yuz ifodalarini esa bir necha soniya ichida takrorlagani ko‘rinadi.
Video ijtimoiy tarmoqlarga joylanganidan keyin qisqa vaqt ichida keng tarqaldi. Foydalanuvchilar uni "ikkinchi Tramp" deb atab, turli hazillar va memlar tayyorlay boshladi.
Natijada oddiy tomoshabin sifatida tadbirda qatnashgan erkak birgina video orqali internetda tanilib, tarmoq yulduziga aylandi.































Izohlar 0
…