1 avgustdan Eronda avtomobillar uchun gaz bepul bo‘ladi

Tasnim axborot agentligi xabariga ko'ra, Eronda 1 avgustdan boshlab avtomobillar uchun gaz bepul tarqatiladi. Hukumat aholini qo'llab-quvvatlash, transport xarajatlarini kamaytirish hamda benzin iste'molini qisqartirish maqsadida ushbu maxsus aksiyani yo'lga qo'ymoqda. Shu munosabat bilan mamlakat bo'ylab mingdan ortiq gaz quyish shoxobchasi ishtirokida "Eron uchun birlashamiz: Eron xalqi uchun bepul gaz" kampaniyasi start oladi.
Eronda 1 avgustdan boshlab avtomobillar uchun gaz bepul tarqatiladi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat aholini qo‘llab-quvvatlash, transport xarajatlarini kamaytirish hamda benzin iste’molini qisqartirish maqsadida maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq gaz quyish shoxobchasi ishtirokida "Eron uchun birlashamiz: Eron xalqi uchun bepul gaz" kampaniyasi start oladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanishni rag‘batlantirish va aholining xarajatlarini yengillashtirishga qaratilgan. Kampaniya 1 avgustdan rasman boshlanib, unda mamlakatning turli hududlaridagi gaz quyish shoxobchalari ishtirok etadi.






























Izohlar 0
…