JCH–2026 ishtirokchisi Kristian Volpato qonida narkotik modda aniqlandi

JCH–2026 ishtirokchisi Kristian Volpato qonida narkotik modda aniqlandi

Avstraliyalik yarim himoyachi Kristian Volpato Sidney ko‘chalarida tezlikni me’yordan oshirgani sababli ikki bor to‘xtatilgach, uning organizmida kokain borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "AU News" nashri xabar tarqatdi.

22 yoshli futbolchi dastlab 23 iyul kuni tunda Anzak ko‘prigida ushlangan. U soatiga 60 kilometr belgilangan hududda tezlikni 86–94 kilometrgacha oshirgan. O‘shanda olingan alkogol testi manfiy natija ko‘rsatgan.

Biroq oradan ikki soat o‘tar-o‘tmas, Volpato ayni shu manzilda soatiga 109 kilometr tezlikda harakatlangani uchun qayta to‘xtatilgan. Bu galgi tekshiruv uning qonida kokain moddasi borligini oshkor qildi.

Yangi Janubiy Uels huquq-tartibot organlari futbolchiga tezlik bo‘yicha jarima solingani va uning xalqaro haydovchilik guvohnomasi yarim yilga bekor qilinganini bildirdi. Hozirda qo‘shimcha tahlillar olinib, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Jahon antidoping agentligi (WADA) me’yorlariga ko‘ra, kokain faqat musobaqalar o‘tkazilayotgan davrda taqiqlangan vosita sanaladi. Shu bois futbolchiga sportdan chetlashtirish jazosi qo‘llanilmasligi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar