Jizzaxda 308 million so‘mlik KIA K8 xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan sud va boshqa vakolatli idoralar qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaro o‘z zimmasidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, garov mulki sifatida ro‘yxatga olingan va 308 million so‘mga baholangan KIA K8 rusumli avtomobil xatlandi. Amaldagi qonun-qoidalar talabiga binoan, ushbu transport vositasi vaqtincha musodara qilinib, saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Ushbu chora qarzdorning sud qarorida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarishdan bo‘yin tovlagani sababli qo‘llanildi. Agar u belgilangan muhlatda qarzdorlikni to‘liq bartaraf etmasa, amaldagi tartibga muvofiq, xatlangan moshina sotuvga chiqariladi va tushgan mablag‘ undiruvchining manfaatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.






























Izohlar 0
…