Jinsiy tegajog‘likda ayblangan Karim Xon lavozimidan olindi

Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xon jinsiy tegajog‘likda ayblanishi ortidan o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lum qildi.
24 iyul kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan shoshilinch yig‘ilishda XJSga a’zo mamlakatlar o‘tkazilgan intizomiy surishtiruv xulosalariga tayanib, prokuror Karim Xonni iste’foga chiqarish qarorini qabul qildi.
Karim Xon 2021 yilda to‘qqiz yillik muddatga ushbu nufuzli lavozimga saylangan edi. Uni vakolatidan mahrum etish masalasi 125 ta a’zo davlat o‘rtasida yopiq ovoz berish orqali hal qilindi va ko‘pchilik bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.
Assambleya raisining ta’kidlashicha, 82 ta a’zo davlat prokuror Karim Xon tomonidan jiddiy qoidabuzarlik va o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganini tasdiqlagan va shu sababli uni ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.






























Izohlar 0
…