Yamalning ukasi Niko Uilyamsning sochlaridan qo‘rqqani aks etgan kulgili video tarmoqlarni zabt etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Lamin Yamalning kichik ukasi Keyne va futbolchi Niko Uilyams ishtirokidagi kulgili video yana e’tibor markaziga tushdi. Kadrlarda Keyne futbolchining noodatiy turmaklangan sochlarini ko‘rib, undan qochayotgani aks etgan.
Videoda Niko Uilyams bolakayga yaqinlashishga urinadi, biroq Keyne uning yoniga kelishini istamay, darhol ortga chekinadi. Bolakayning kutilmagan va samimiy reaksiyasi foydalanuvchilarni kuldirdi.
Uilyamsning sochlari juda mayda qilib o‘rilib, noodatiy shaklda yig‘ilgan. Ayrim foydalanuvchilar uning soch turmagini ilonga o‘xshatib, Keyne aynan shundan cho‘chigan bo‘lishi mumkinligini hazil tariqasida yozishdi.
Video ostida ko‘plab kulgili va iliq izohlar qoldirildi. Foydalanuvchilar Keynening reaksiyasini samimiy va yoqimli deb baholashdi.































Izohlar 0
…