11:02 / 23.05.2017
6 627

Turkiyada davlat to‘ntarishiga uringanlar ustidan sud boshlandi

Turkiyada davlat to‘ntarishiga uringanlar ustidan sud boshlandi
Turkiya poytaxti Anqarada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotgan 221 kishining ustidan sud boshlandi, deb xabar qiladi Hilol.uz nashri. Ularning aksariyati o‘z vaqtida yuksak martabali harbiylar bo‘lgan.

Turk hukumati davlat to‘ntarishi o‘tkazishga buyruqni ayni paytda AQShda yashaydigan diniy rahnamo – Fathulloh Gulen berganini aytib kelmoqda. Gulenning o‘zi esa ayblovlarni rad etgan.

O‘tgan yilning 15 iyulida Turkiyada harbiylar boshlagan davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu urinish oqibatida 161 kishi qurbon bo‘ldi, 154 kishi yaralandi. Davlat to‘ntarishiga uringanlardan 104 nafari o‘ldirildi.

Davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin Fathulloh Gulenning tarafdorlari bo‘lgan o‘n minglab kishi hibsga olindi, 120 ming kishi davlat ishidan bo‘shatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada davlat to‘ntarishiga uringanlar ustidan sud boshlandi