13 yoshli bola noodatiy g‘oyasi bilan e’tiborda: u o‘ziga til yaratib, davlat ham tuzdi

Turkiyaning Samsun shahrida yashovchi 13 yoshli Aras Talha Chag'layan o'ziga xos til yaratib, "Sufi" nomli xayoliy davlat tuzdi. Ushbu g'oya 2023 yilda sinfdoshlari tushunmaydigan shifrlangan til o'ylab topishdan boshlangan bo'lib, vaqt o'tishi bilan u alohida alifbo ishlab chiqdi va davlat uchun bayroq, pul birligi hamda 18 moddali konstitutsiya tayyorladi.
Turkiyaning Samsun shahrida yashovchi 13 yoshli Aras Talha Chag‘layan noodatiy g‘oyasi bilan ko‘pchilik e’tiborini tortdi. U avval o‘zining shaxsiy tilini yaratgan bo‘lsa, keyinchalik shu til asosida "Sufi" nomli xayoliy davlatni tashkil etgan.
Arasning aytishicha, bu g‘oya 2023 yilda sinfdoshlari uning yozganlarini tushunmasligi uchun maxsus shifrlangan til yaratishdan boshlangan. Vaqt o‘tishi bilan u tilni yanada takomillashtirib, unga alohida alifbo ishlab chiqqan.
Shundan so‘ng yosh iqtidor egasi o‘zining xayoliy davlati uchun bayroq, pul birligi va 18 moddadan iborat konstitutsiya ham tayyorladi. Uning ta’kidlashicha, «Sufi» davlatida hozirda qariyb 1000 nafar fuqaro mavjud.
"Davlatimning prezidenti — menman. Shuningdek, vazirlar mahkamasi, shifoxonalar, sartaroshxonalar va tadbirkorlar ham bor. Asosiy maqsadim — “Sufi”ni dunyodagi eng rivojlangan va eng mashhur davlatlardan biriga aylantirish", — dedi Aras.































Izohlar 0
…