Sloveniya prezidenti ta’tildan qaytayotib avariyaga uchragani aytilmoqda

Sloveniya prezidenti  ta’tildan qaytayotib avariyaga uchragani aytilmoqda
Qisqacha

Sloveniya prezidenti Natasha Pirs-Musar Xorvatiyadagi ta’tildan vataniga qaytayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchradi va yengil tan jarohati oldi. Prezident matbuot xizmatining bildirishicha, hodisadan so‘ng Izola shahridagi shifoxonada zarur tekshiruvlar o‘tkazilib, uning ahvoli barqaror ekani qayd etilgach uyiga javob berildi. 24UR telekanalining tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida davlat rahbarining bo‘yin suyagi singan.

Sloveniya prezidenti Natasha Pirs-Musar Xorvatiyadagi ta’tildan vataniga qaytayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida davlat rahbari yengil tan jarohati olgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng u Izola shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazilgach, uning ahvoli barqaror ekani qayd etildi va prezident uyiga javob berildi.

Mahalliy 24UR telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida Natasha Pirs-Musarning bo‘yin suyagi singan. Nashrning yozishicha, prezident avtomashinada xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lgani uchun jarohat olgani taxmin qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar