
Xitoydagi Guychou shahrining Jennin ko‘chasida kecha, 28 may kuni noma’lum erkak 18 kishini pichoqladi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Uyushtirilgan suiqasd natijasida 6 kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 12 kishi jiddiy jabrlangan.
Mahalliy polisiyaning tasdiqlashicha, hujum yakshanba kuni besh daqiqa davom etgan. Yaqin atrofdagi polisiya xodimlari voqea joyiga etib kelib, jinoyatchini darhol to‘xtatib qolishdi, aks holda qurbonlar soni oshishi ham mumkin edi.
Jinoyatchining nega oddiy fuqarolarga hujum uyushtirgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkakda ruhiy kasallik alomatlari borligi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar