Moskvalik qiz selfiga tushish vaqtida ko‘prikdan qulab halok bo‘ldi

Moskvada bir qiz selfiga tushish vaqtida ko‘prikdan quladi. Bu haqda «Vesti.ru»ga tayanib «Daryo.uz» yozishicha, qiz og‘ir jarohatlar sabab hodisa joyida vafot etgan.
Hodisa Moskva-Siti xalqaro majmuasi qarshisidagi yo‘l o‘tkazgichda yuz bergan.
Dastlabki norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, do‘stlari bilan birga suratga tushayotgan qiz muvozanatni yo‘qotib, ko‘prikdan tushib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing