07:58 / 03.06.2017
5 768

Tramp ma’muriyati suddan migrasiya to‘g‘risidagi farmonning qayta kuchga kirgizishini so‘ramoqda

Tramp ma’muriyati suddan migrasiya to‘g‘risidagi farmonning qayta kuchga kirgizishini so‘ramoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati Oliy Sudga murojaat qilib, aholisi musulmon bo‘lgan oltita mamlakat fuqarolarining Qo‘shma Shtatlar hududlariga kirishini vaqtincha taqiqlovchi qonun qayta kuchga kirishini so‘radi.

Ma’muriyat o‘z iltimosini xavfsizlik nuqtai nazari bilan izohladi.

AQSh Adliya vazirligi 1 iyun kuni Oliy Sudga favqulotda ariza berdi. Unda ta’kidlanishicha, Virjiniya apellyasiya sudi Tramp farmoyishiga qarshi qaror qabul qilganida bir nechta xatoliklar qilgani ta’kidlanadi. Oq uy ma’muriyatining iltimosini qondirish uchun Oliy sudning 9 nafar sudyasidan kamida besh nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

O‘tgan oyda Virjiniya Apellyasiya sudining sudyalari (10 nafari yoqlab, 3 nafari qarshi chiqib) Trampning farmonini bekor qilgan edi. AQSh sudi tomonidan vaqtincha to‘htatilgan Prezidentning 6 mart kuni qabul qilgan farmonida AQShga barcha qochqinlar, shuningdek, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolarining kirishi taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ma’muriyati suddan migrasiya to‘g‘risidagi farmonning qayta kuchga kirgizishini so‘ramoqda