17 608
Shunday mamlakatlar borki, u erlarda ayol bo‘lib tug‘ilish do‘zax azobidan-da dahshatliroq kechadi…
Biz azaldan bir haqiqatni takrorlashga ko‘nikib qolganmiz. Ya’ni, er yuzida ayol va erkak huquqlari deyarli teng deb o‘ylaymiz. Ko‘p davlatlarda xuddi shunday. Ayollar ma’lumot oladi, yuqori lavozimlarda faoliyat yuritadi, sira qarshiliklarsiz mashina rulini boshqaradi. Afsuski, dunyoda shunday mamlakatlar borki, ayol bo‘lib tug‘ilgan inson tug‘ilganiga pushaymonlar eyishga mahkum. Masalan…
AFG‘ONISTON
Bu davlat ayollari qirq besh yoshgacha yashay olsa ham katta gap. Bu davlatda turmushga chiqqan ayollar ma’lumot olish huquqidan mahrum etilgan. Afg‘onistondagi ayollarning aksariyat qismi o‘qish, yozishni bilmaydi. Zamonaviy tibbiyot yo‘qligi sababli homilador ayollarning o‘limi har yarim soatda kuzatiladi. Oilada ayolga bosim o‘tkazish, zo‘rlash afg‘onlar uchun odatiy hol. Ayolni oilada erkaklar xohlagan ko‘yiga soladi, ustidan kuladi.
Afg‘onistonda 16 yoshga etmagan qizlarni turmushga uzatish ham an’anaga aylantirilgan. Turmushga chiqishi lozim bo‘lgan qizdan hech kim fikr so‘rab o‘tirmaydi. Hali to‘liq shakllanib ulgurmagan organizm to‘ydan keyinoq zo‘riqishni boshlaydi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib kelin haqiqiy qulga aylantiriladi.
IROQ
Iroqda ahvol bundan ham battar. Dunyoda faoliyati taqiqlangan jangarilar bu yurt ayollarini qo‘ldan qo‘lga o‘tkazish, ular sha’nini istagancha haqoratlashdan tiyila olishmaydi. Qarshilik ko‘rsatishsa, boshini tanasidan judo etishadi. O‘tgan yilning o‘zida qullikka rozi bo‘lmagan ayollarning 150 nafari jangarilar tarafidan qatl qilingan.
HINDISTON
Bu mamlakatda ham ayol bo‘lish dahshatdan bo‘lak narsa emas. Hindistondagi ayollarning 70 foizdan ko‘prog‘i oiladagi bosimlar, zo‘rlashlar, qiynoqlar dastidan azob chekadi. Hindistonda har yarim soatda bir ayolning nomusi bulg‘anadi. Ayol bu erda qora bozor uchun xaridorgir «mol» sanaladi. Oilada qaynotaga kelinni qiynoqqa solish, zo‘rlash, kaltaklash, haqoratlash, o‘zi istagan usulda jazolash uchun keng yo‘l ochib berilgan. Qaynota arzimagan narsa, ya’ni, tushlik yo kechki ovqat, nonushta vaqtida tayyor bo‘lmaganini bahona qilib kelinini o‘zi xohlagan ko‘yga sola oladi. Xudo ko‘rsatmasin, xotinini er xiyonat ustida qo‘lga tushirsa, bu ayolni o‘ldirish avlodlari uchun sharaf hisoblanadi.
MALI
Malida qadimdan ayolni odam o‘rnida ko‘rishmaydi. Hozir ham bu davlatda voyaga etmagan qizlarni sunnat qilish an’anasi davom etib kelmoqda.
DOMINIKAN RESPUBLIKASI
Dominikan respublikasi esa ayollardan iborat armiyasi bilan dunyoga mashhur. Bu armiya harbiylari frontning oldingi chizig‘iga joylashtiriladi. Agar harbiy ayol dushman qo‘liga tushsa, butun boshli otryad nafsini qondirishi kerak bo‘ladi. Qarshilik qilsa, o‘sha erning o‘zida o‘ldirib yuborishadi. Bu respublikada ayol har qanday ko‘rinishdagi hujjatga imzo chekish huquqiga ham ega emas. Buning uchun eridan, turmushga chiqmagan bo‘lsa, otasidan rasman ruxsat olsagina imzo chekish huquqiga ega bo‘ladi.
POKISTON
Pokistonda ham ayol huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunning o‘zi yo‘q. Shunday viloyatlar borki, basharti eri yo akasi qarzga botsa va qarzini vaqtida uza olmasa, qarz berganlar kelib uning xotini, singlisi yo opasining nomusini ochiqchasiga, namoyishkorona poymol etishadi. Basharti ayolning eri jinoyat sodir etib qamalsa, u bilan bir vaqtda xotinini ham qamashadi. U ham eri bilan baravar jazo muddatini o‘taydi.
SUDAN
Sudan sharqida 2003 yildan beri bir milliondan ziyod ayolning nomusi poymol qilingan. Afsuski, bu erda ham ayolni himoya etuvchi qonunning o‘zi yo‘q. Nomusga tegish jinoyati Sudanda shon-sharaf hisoblanadi.
SOMALI
Somalidagi jangarilar esa qizlarni 5 yoshidanoq zo‘rlab, qulga aylantirishadi.
ChAD RESPUBLIKASI
Afrikaning Chad respublikasida qizlarni 9 yoshidan turmushga uzatishadi. Qizning organizmi, ruhiyati shikastlanishi bu erlarda hech kimni qiziqtirmaydi. Ota-ona xohlasa, qizini boshqa oilaga qul sifatida sotib yuborishi ham mumkin.
GVATEMALA
Gvatemalada esa er xotinini arzimagan aybi uchun shafqatsizlarcha kaltaklash huquqiga ega. Bu jazoda erning boshqa erkak qarindoshlari ham ishtirok etishlari, hatto ayolning nomusiga tegishlariga ham ruxsat etiladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi